"Ko'pkurash xarbiy musobaqasi"
Avgust 18, 2023 / Ko'rildi 1462
TATU Samarqand filialiga qarashli Jizzax axborot texnologiyalari texnikumi
"Ko'pkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasida
Professional taʼlim muassasalari oʻquvchi yoshlari oʻrtasida "Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!" shiori ostida oʻtkazilgan "Koʻpkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Jizzax viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.
Ushbu "Koʻpkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasida Jizzax axborot texnologiyalari texnikumining "Jizzax AT" jamoasi faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Musobaqa yakunida gʻolib jamoalar diplom, medallar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.