Yangiliklar

Ko'chat ekib, bog' yarataylik! 

Mart 10, 2023 / Ko'rildi 1378

Bugun mamlakatimiz miqyosida muhtaram Prezidentimiz rahbarliklarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar bizni Yangi O'zbekistonni barpo etish va Inson qadrini ulug'lash g'oyalari atrofida birlashtirdi.
Ona tabiatni asrash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.
Azal-azaldan ko'chat ekkan, bog' yaratgan insonlarga xalqimiz alohida ehtirom bilan qarab, ulug'lab keladi. Ko'chat ekish, gulu nihollarni ko'paytirish bu musaffolik, ekologik muhit sofligi hamda ona tabiatga g'amxo'rlik va insoniylikning yuksak namunasidir! Biz yoshlarimizga muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan tashabbusning mazmun mohiyatini, azaliy milliy qadriyatlarimizni tushuntirishimiz, Vatanimizni bog'-u bo'stonga aylantirishga o'z hissasini qo'shishga chorlashimiz, har birimiz shu jarayonning ichida yashashimiz lozim.
Ulkan Vatan bog'ini obod va fayzli bo'lishiga munosib hissa qo'shing! Birlashib, ko'chat ekib, bog' yarataylik!