Yangiliklar

#Live

Yanvar 17, 2022 / Ko'rildi 2831

?2022 yil 17 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich va mutasaddi prorektorlar universitetning Samarqand filialiga tashrif buyurishdi. 
Tashrif davomida filial binolari, talabalar turar joyi, texnikum va akademik liseylarning ta’mirlanish holatlarini tubdan o‘rganishdi. Shu bilan birga 2021-2022 o‘quv yilining ikkinchi semestriga tayyorgarlik holati, aprel oyida bo‘lib o‘tadigan attestasiya va akkreditasiyaga tayyorgarlik masalalari hamda akademik lisey va texnikumlar bilan o‘zaro aloqaning qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganilib, tahlil qilindi. 
✔️Tashrif davomida rektor B.Maxkamov filialni yanada rivojlantirish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalarini berishdi.

?TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati