Yangiliklar

Vusuk universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Dekabr 20, 2021 / Ko'rildi 3543

2021-yilning 17-dekabrida Samarqandga tashrif buyurgan Janubiy Koreya respublikasining Vusuk universiteti (Woosuk University) xodimlari Do-Gyun Kim (Global munosabatlar markazi direktor o‘rinbosari), Dong-Joo Kim (Xalqaro ishlar bo‘yicha bosh kotib) va Choi Hong Gyu (xalqaro aloqalar qo‘mitasi a’zosi) Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga tashrif buyurdilar. Mehmonlarni O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D. K. Yakubjanova, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O. R. Yalg‘ashev, O‘quv-uslubiy bo’lim boshlig‘i A. R. Axmedjonov kutib oldilar. 
Tashrif doirasida, Janubiy Koreyalik mehmonlarga filial haqida ma’lumotlar berildi. So‘ngra ikkala tomonga ham foydali bo‘lgan hamkorlik bo‘yicha kelishib olindi. Xusuan, Vusuk universiteti xodimlar TATU Samarqand filailida 2+2 ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish taklifini berdilar. 
Uchrashuv doirasida ikki o‘quv dargohi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.