Yangiliklar

🌳“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda!

Mart 06, 2023 / Ko'rildi 1494

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ilgari surilgan edi. Bundan asosiy maqsad, daraxt ekish va parvarishlash orqali ekologik toza muhitni yaratishdan iboratdir.
Atrof muhit tozaligiga eʼtibor qaratish, yashil olamni saqlash va ko‘paytirish,manzarali hamda mevali daraxtlar ekish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori Z.Karshiyev rahbarligida filial Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari F.Usmonov Ishlar boshqarmasi boshlig‘i H.Tugalov hamda boshqaruv apparati, “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi” hamda “Kompyuter injiniringi” fakulteti professor-o‘qituvchilari jamoasi yalpi hasharga chiqib bino hududida  umumiy 900 ga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.  

🏛TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati