E'lonlar

⚡️O‘quvchilar va talabalar uchun «Zakovat stipendiyasi»ni berish tartibi tasdiqlandi

Aprel 12, 2022 / Ko'rildi 1825

?2022-2023 o‘quv yilidan boshlab «Zakovat» intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy «Zakovat stipendiyasi» beriladi.

➡️«Zakovat stipendiyasi» intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida quyidagicha taqsimlanadi:

✅ 1-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 so‘m);

✅ 2-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 so‘m);

✅ 3-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 so‘m) belgilanadi va yil davomida har oy to‘lab beriladi.