Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini o‘rganish mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda
Dekabr 02, 2023 / Ko'rildi 1072
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining "Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi" fakultetida 8-dekabr ˗ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini o‘rganish" mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda. Mashg‘ulotlarni “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri X.Samatov va kafedra professor-o‘qituvchilar talaba-yoshlarga inson huquq va erkinliklari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, davlat suvereniteti prinsiplari, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ishlarning bajarilishi va O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik haqida talabalarga tushunchalar berib kelmoqda. Maxsus kurs mashg‘ulotlari qizg'in va savol-javoblarga boy bo'lib o‘tilmoqda.