2024-2025- o'quv yiliga shay holatga keltirildi
Sentyabr 05, 2024 / Ko'rildi 220
Respublikamizda barcha ta’lim muassasalarida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari jadal tus olmoqda.Jumladan, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universteti Samarqand filialida ham 2024-2025- o’quv yilini yuqori kayfiyatda boshlash maqsadida barcha o’quv binolari talabalar foydalanadigan obyektlar, kutubxonalar, o’quv xonalari va talabalar turar joylari shay holatga keltirildi.
Filialda talabalar uchun 1300 o’rinli,3ta turar joy mavjud bo’lib, ulardan 2tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida bunyod etilgan.
Kompyuter injiniring fakultetining qoshida 400 o’rinli talabalar yotoqxonasi o’quv yilidan avval qurib foydalanishga topshirildi.
Telekommunikatsiya texnologiyalari kasb ta’lim fakulteti yonidagi talabalar turar joyi esa qayta ta’mirlanib, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rildi.
Filialga tegishli Davlat yotoqxonasi 500 o'rinli boʻlib, barcha shart-sharoitlarga egadir.
Hozirda "Talabalarni turar joy va ijara xonadonlari bilan taminlash" muvofiqlashtirish markaz faoliyat olib bormoqda.
Talabalar turar joylari Zamonaviy mebellar bilan jihozlangan.O’qish va tadqiqotlar uchun yuqori tezlikdagi internet aloqasi bilan ta’minlangan.Talabalar uchun har bir qavatda barcha sharoitlarga ega oshxona mavjud.
Bundan tashqari 395 o’rinli ijara xonadonlari talabalar uchun mavjud.
Filialning ichki ko’rinish qismlari talabalarga qulaylik yaratish maqsadida qayta tamirlash ishlari olib borilib, o’zgacha ko’rinish kasb etdi.
Oliygoh hududidagi yashil maydonlar ko’kalamzorlashtirilib, yangi o’quv yilining yuqori kayfiyatda va sifatli boshlanishi uchun yetarli sayi harakatlar amalga oshirildi.
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filial 2024-2025- o'quv yiliga shay holatga keltirildi.