Yangiliklar

Yangi kitoblar taqdimoti!

Noyabr 05, 2021 / Ko'rildi 351

Bugun 2021 yil 5 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “Kompyuter injiniringi” fakulteti Axborot resurs markazi 1-toifali kutubxona mudiri Nasiba Raxmonqulova tashkilotchiligida kutubxonaga kelib tushgan, yangi nashr etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Taqdimotni “Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri, dosent Shuhrat Asrorov kirish so‘zi bilan ochdi, barcha qatnashchilarni professsor-o‘qituvchilar va talabalarga tanishtirdi.
Shundan so‘ng fizika–matematika fanlari doktori, dosent Mamadiyor Yaxshiboyev o‘zining yakka va hammualliflikda nashr etilgan kitoblar taqdimotini talabalarga tanishtirdi.
“Matematik analizdan mustaqil ishlar”, “Funksiyalar va grafiklar”, 4 qismdan iborat “Matematik analizdan misol va masalalar”(rangli rasmlari bilan),”Matematik analizdan musaqil ishlar”  kabi 10 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta darslik va 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar muallifi ekanligini aytib o‘tdi.
Jumladan nashr qilingan kitoblardan ko‘pchiligini elektron variantlari va dasturiy ta’minotlari ham ishlab chiqilgan. 

 


2021 yilda fizika va matematika fanlaridan nashr qilingan  dprslik va o‘quv qo‘llanmalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek taqdimotda “Kompyuter injiniringi” fakulteti dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Normurodov, “Tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Anvar Kurbanniyazov, assistenti Sharofiddin Uralovlar ishtirok etdilar

TATU Samarqand filiali Axborot xizmati