Yangiliklar

📌Qabul yakunlandi. Bugun to‘lov qilishning so‘ngi kuni.

Iyun 26, 2025 / Ko'rildi 3907

  📌Qabul yakunlandi. Bugun to‘lov qilishning so‘ngi kuni. 

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

📊 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi.

🔹Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿  O‘zbek tili  — 644 027 nafar;
🇷🇺  Rus tili  — 71 476 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 14 959 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 949 nafar.

🔸Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
👦🏻 erkaklar — 346 299 nafar;
👧🏻 ayollar — 386 112 nafar.

❗️Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.