Sifatli ta'lim taraqqiyot poydevori
Mart 10, 2023 / Ko'rildi 1550
Tashrif davomida filial direktori Z.Karshiyev boshchiligida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Karimov Rustam Olimjonovich, TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich,
TATU prorektori To‘rayev Shavkat Shuxratovichlar filialdagi Inkubatsiya va akseleratsiya markazi, elektrotexnika laboratoriyasi xonalari faoliyati bilan tanishtirib o‘tildi. Bugungi kunda yuqori texnologiyalar hamda zamonaviy ilm-fanni mukammal egallash har qanday davlat taraqqiyotining ajralmas qismidir. Shu so‘zlarning ma’nosini chuqur anglagan holda, kelajak avlodlarning hamda yurtimizning barcha viloyat va tumanlarida, shahar va qishloqlarimizdagi yoshlarning har tomonlama barkamol va kuchli intellekt egalari bo‘lib kamol topishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishga harakat qilinmoqda.