E'lonlar

Quyosh panellarini o'rnatish

Iyul 21, 2023 / Ko'rildi 2133

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi 2-uy manzilida joylashgan o‘quv binosi va  boshqa binolariga quvvati 96kVt/380V/50Hz li qayta tiklanadigan quyosh  fotoelektrik stansiyasini o‘rnatish bo‘yicha

TEXNIK TOPSHIRIQ

Umumiy ma’lumotlar

Asbob-uskuna xarid qilish uchun asos va xarid maqsadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 10-iyun kuni “Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 48-sonli Bayoni; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 12-apreldagi 2022-2026 yillar uchun yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha tadbirga muvofiq.

Yangilikligi togrisida ma’lumotlar

Ishlab chiqarilgan yili 2022-yildan oldin bolmagan. Mahsulot yangi, oldin ishlatilmagan, qayta ishlab chiqarilmagan, ishlab chiqarish toxtatilmagan bolishi kerak.

Ishlab chiqish/tayyorlash bosqichlari

Ishlab chiqaruvchi tomonidan Quyosh fotoelektrik stansiya (QFES) o‘rnatiladigan bino tom qismini konstruksiyasini mustahkamlash bo‘yicha loyiha hujjatlarini hamda QFESni o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va uni buyurtmachi bilan kelishish.

Qo‘llanish sohasi

Quvvati 96kVt dan kam bo‘lmagan qayta tiklanadigan elektr stansiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand  filiali binosini elektr ta’minoti bilan ta’minlash.

EKSPLUATATSIYA SHARTLARI

Umumiy ekspluatatsiya shartlari

Quyosh fotoelektr stansiyasi umumiy sanoat va portlashdan yong‘inga qarshi xavfsiz bo‘lishi kerak..

Ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha/maxsus talablar

Quyosh fotoelektr stantsiyasini ishlatishda quyidagilar ta’minlanishi kerak: foydalanishning ishonchliligi va xavfsizligi, sinovlar asosida o‘rnatilgan iqtisodiy ish rejimi.

TEKNIK TALABLAR

Asosiy texnik talablar

 Quyosh fotoelektr stansiyasi quyida kelitirilgan texnik ko‘rsatkich (parametr)larga to‘liq mos kelishi shart.

Asosiy texnik-iqtisodiy va ekspluatatsiya korsatkichlari

1.            Monokristalli bifacial dual glass (ikki tomonlama),

- 525 – 550 W dan kam bolmagan T=25°C E=1000Vt/m2;

- Samaradorligi 21;

- Maksimal quvvatda samaradorlik 21%;

Ramka: Anod alyuminiy qoplamali (Eloxal);

- O‘lchami: 2384*1096*35mm;

- Ogirligi 32,6kg;

- Modullarning umumiy quvvati 96kVt dan kam bolmagan;

- Malaka sertifikati: IEC61215, IEC61730, IEC61730, ISO 9001:2015, ISO 14001:2015, ISO 45001:2018, CE;

- Himoya darajasi IP68.On-Grid invertor.

- O‘zgarmas tok kuchini o‘zgartiruvchan tok kuchiga aylantiruvchi 96Wt tarmoq invertori;

- Umumiy quvvati 96kW-3ph/380v, super keng kuchlanish diapazoni, juda past boshlangich kuchlanish va yuqori konversiya samaradorligi;

- Maksimal samaradorlik 98,8% gacha;

- Ishonchliligi: alyuminiy korpus;

- Himoya darajasi IP68.

 Muvofiqliq sertifikati taqdim etilishi talab etiladi.

Malaka sertifikati:  EN 62109-1:2010 / EN 62109-2:2011, / EN 55011:2016 /  IEC 61000-3-12:2011 / IEC/TS 61000-3-11:2000 / EN 61000-6-1:2007, EN 61000-6-2:2005, EN 61000-6-3:2007+Al, EN 61000-6-4:2007+Al / EN 63000:2018, / IEC 62109-1:2010 / IEC 62109-2:2011 / EN 62109-1:2010 / EN 62109-2:2011 /

2.            PV kabel.

- Cable H01Z2Z2-K 1x6.0mm²;

- Nominal kuchlanish Uo/U - 1,0 / 1,0 kV – o‘zgaruvchan tok joriy, 0,9 / 1,8 kV – doimiy joriy oqim;

- Ishlash harorati: -40°C/+90°C, Maksimal o‘tkazgich harorati max +120°C (20000 soat),  Qisqa tutashuv harorati Min.  250°C;

- Egilish radiusi - 5 X D;

- Sinov kuchlanishi - 6,5 kV – o‘zgaruvchan, 15 kV - doimiy oqim.

Muvofiqlik sertifikati taqdim etilishi talab etiladi. Sinov sertifikatlari: EN 50618 - RoHS 2011/65/EU UV qarshilik EN 60811-501. Ozonga chidamlilik EN 60811-403. Yong‘in tarqalishi EN 60332-1-2. EN 50267-2-1, EN 60684-2.  Ekspluatatsiya davri uchun kafolat – 25 yil.

3.            Himoya tizimi va elektr inshootlarini nol qilish.

4.            QFES ni o‘rnatish uchun qo‘shimcha materiallar: elektron to‘xtatuvchilari, elektr jihozlari, elektr panellari, kabel yo‘llari, metall simi tagliklari (turli burchak o‘rnatgichlari, dinreykalar, ajratgichlar va boshqa zaruriy butlovchi materiallar.

5.            Binoning tom qismi metal konstruksiyasining yuk ko‘tarish bardoshligini oshirish maqsadida qo‘shimchalar kiritish talab etiladi.

6.            Nitro emal bo‘yoqlari.

7.            Ikki tomonlama elektr hisoblagich - bu o‘zgaruvchan tok tarmoqlaridagi elektr energiyasi miqdorini (kVt / soat) o‘lchaydigan qurilma. “Ikki tomonlama” atamasi asbobning elektr oqimini ikki yo‘nalishda  o‘lchashi mumkinligini anglatadi.

8.            Yerning koordinata nuqtasidan qat’iy nazar, real vaqt rejimida quyosh stansiyasining holati va chiqish energiyasi, oqim-kuchlanish xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot olishni, boshqarishni o‘z ichiga olgan masofaviy monitoring tizimi.

9.            Tashqi va ichki AVVG 5x90 elektr simlarini o‘rnatish.

10.        QFESning o‘rnatilgan qurilmalari va mavjud 0,4 kV o‘tkazgichli o‘tkazgich shinalari bilan ulangan kabel liniyalarini o‘rnatish.

11.        QFES jihozlarini sovutish tzimi bilan jihozlash.

12.        Transport xarajatlari yetkazib beruvchi tomonidan qoplanadi.

13.        Olingan ekspertiza xulosasiga asosan texnik topshiriq talablarini to‘liq bajarish va konstruksiyadagi o‘zgarishlar bo‘yicha loyiha-hujjatlarini taqdim etish.

Ishonchlilik bo‘yicha talablar

Ishonchli ishlash kafolati ta’minot shartnomasida, pasportda va mahsulotni ishlatish yoriqnomasida qayd etilishi kerak.

Konstruksiyaga qo‘yiladigan talablar, montaj-texnik talablar

Yetkazib beruvchi tovarlami yetkazib berish bilan bog‘liq quyidagi xizmatlarni (keyingi o‘rinlarda tegishli xizmatlar deb yuritiladi) ko‘rsatish majburiyatini oladi: yetkazib berish, yuklash va tushirish operatsiyalari, elektr ta’minoti tizimiga ulanish, xavfsizlik qoidalari, qadoqlash materiallarini va ornatishdan keyin qolgan chiqindilarni olib tashlashi lozim. Yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarni sinovdan o‘tkazishi shart.

Yetkazib beruvchi xodimlarni o‘qitishga majburdir.

Materiallarga qo‘yiladigan talablar

Yetkazib berilayotgan tovarlar uchun Yetkazib beruvchi ushbu turdagi tovarlar uchun normativ hujjatlarga muvofiq sifat kafolatini taqdim etadi. Sifat kafolatining mavjudligi Yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan tartibda to‘ldirilgan kafolat talonini (sertifikatini) berish bilan tasdiqlanadi: Tovar nomi, kafolat muddatini hisoblash boshlangan sana, muhr va imzo ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Yetkazib beruvchi tovarlarning markalash yorligiga tegishli yozuvni qoyish orqali kafolat kartasi tovar bilan birga Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etiladi. Kafolat muddati davomida Yetkazib beruvchi o‘z mablag‘lari hisobidan kafolatli xizmat ko‘rsatishni, zarur ta‘mirlashni, kamchiliklarni bartaraf etishni, ishlamay qolgan komponentlar va qismlarni almashtirishni o‘z zimmasiga oladi (foydalanuvchi tashkilotning texnik hujjatlarda ko‘rsatilganidek, foydalanish talablariga muvofiqligi sharti bilan).

Tovar uchun butlovchi qismlar uchun kafolat muddati (agar mavjud bo‘lsa) asosiy Tovar uchun kafolat muddatiga teng. Kafolat barcha konstruktiv elementlarni (komponentlarni), shu jumladan: asosiy birliklar va agregatlarni qamrab oladi. Amaldagi ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi tomonidan muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi va yetkazib beriladigan tovarlar uchun kamida 25 yil kafolat muddatiga ega bo‘lishi kerak. Yetkazib berilgan tovarlar uchun Yetkazib beruvchi o‘z kafolati bilan birgalikda ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan kafolat berishga majburdir, bunday kafolat tovarlarni yetkazib berish bilan birga taqdim etiladi.

Tashqi muhit omillari ta’sir qilganda barqarorlik va parametrlarga qo‘yiladigan talablar

O‘zbekiston Respublikasida  O‘z Dst ISO 17025:2019 “Sinov va kalibirlash labaratoriyalarini layoqatligiga  qo‘yilgan talablari” standarti bo‘yicha akkredetatsiyadan o‘tgan sinov labaratoriyasi tomonidan xulosalar olish.

Mahsulotlar -400C dan +850C gacha bo‘lgan haroratlarda ishlashi ishonchliligini oshirishi kerak, foydalanish shartlari: atrof-muhit omillari parametrlarning barqarorligiga ta’sir qilmasligi kerak.

Tarkibiy qismlar, boshlangich va ekspluatatsiya xom-ashyosi va materiallariga, shuningdek, tayyor mahsulotga qoyiladigan talablar

Tayyor mahsulotlar, shuningdek, uning tarkibiy qismlari, xom ashyo va ekspluatatsion materiallar xaridorning texnik topshirig‘iga muvofiq bo‘lishi kerak.

Savdo belgisiga qo’yiladigan talablar

 Ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini markalash quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:

- ishlab chiqaruvchining savdo belgisi;

- qurilmaning turi va ishlashi;

- zavod raqami;

- ishlab chiqarish sanasi;

- GOSTga muvofiq himoya darajasi;

- qurilmaning massasi;

- ishlab chiqaruvchining manzili;

- qabul qiluvchi korxona manzili;

- nominal quvvat;

- AC nominal kuchlanish;

- chastota;

GOSTga muvofiq iqlimiy ishlash.

TOPSHIRISH VA QABUL QILISH QOIDALARI BO‘YICHA TALABLAR

Topshirish va qabul qilish tartiblari

Yetkazib berish va qabul qilish tartibi ishlab chiqarish va texnik maqsadlar uchun mahsulotlar va iste’mol tovarlarini sifat bo‘yicha qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma va ishlab chiqarish va iste’mol tovarlarini miqdori bo‘yicha qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma bilan belgilanadi.

BOSHQALAR

Beriladigan kafolat muddati boyicha talablar

Yetkazib beruvchi ishlab chiqaruvchining zavodidan yoki uning rasmiy vakilidan (distribyutordan) yuqori sifatli mahsulotni yetkazib berishi va kafolat berishi kerak: kafolat muddati tugagandan so‘ng, mahsulotni ishga tushirilgandan keyin kamida 12 oydan kam bo‘lmagan muddatga xizmat ko‘rsatishi kerak.

Xizmat ko‘rsatishga doir talablar

Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun zarur texnik hujjatlar (ko‘rsatmalar) mavjudligi.

Ekologiya va sanitariya talablari

Mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasining ekologik va sanitariya me‘yorlariga mos kelishi kerak.

Sifat va tasnifga doir talablar

Yetkazib berilayotgan mahsulot va uning tarkibiy qismlarining sifati tegishli sertifikatlar bilan tasdiqlanishi kerak.

Miqdori, komplektatsiyasi, yetkazib berish joylari va muddati bo‘yicha talablar

Quvvati 96kvt/380V/50Gs li qayta tiklanadigan elektr stansiyasi - 1 to‘plam.

 To‘plam quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- On-grid invertorlar 96kVt;

- 96kvt quvvatga erishish uchun umumiy quvvatning 4 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha ravishda fotoelektrik modullar o‘rnatish, ya’ni  550 Vt li - 377 donadan kam bo‘lmagan panellar o‘rnatish;

- Qalqon (ЩIT) 45x30x15  PR;

- Smart elektrhisoblagich;

-5x90 mm2 kesimli AVVG kabeli

- PV Cable H01Z2Z2-K 1x6,0 mm². kabeli

- Konnektor;

- Metall korob 150x10;

- Korob (Plastmassa) 70x7;

- Metallokonstruksiya Profil

- Metallokonstruksiya 2x40x40  

- Kabel uchun ferrul (nakonechnik dlya kabelya);

- Chaqmoq va yuqori kuchlanishga qarshi himoya tizimi - UZIP (loyiha jarayonida aniqlanadi va o‘rnatiladi);

- Tok transformatorlari TTI A

- Online masofadan monitoring.

Ishga tushirish-sozlashga doir talablar

 Obyektga QFESni o‘rnatish, ulanish, ishga tushirish “tayyor” holda (подключ) topshirish (loyiha hujjatlarini tayyorlash va “HET”AJ tarmoqlariga ulanish ishlarini amalga oshirish).

O‘rnatish-sozlashga doir talablar

Barcha o‘rnatish ishlari PPE (maxsus poyabzal, maxsus kiyim-kechak, maxsus bosh kiyim va boshqalar), mehnatni muhofaza qilish va elektr xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilishi shart.

Taqdim etiladigan ma’lumotlarga doir talablar

Barcha hujjatlar buyurtmachiga uskunalar bilan birgalikda topshirilishi shart.

        Quyosh panellarini o'rnatish bo'yicha tijorat takliflar 2023- yil 27- iyul 14:00 ga qadar qabul qilinadi.