Navoiyni yod etib...
Fevral 09, 2023 / Ko'rildi 2109
Joriy yilning 9-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir va shoir, davlat arbobi hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy merosi – millat xazinasi” mavzusida filial "Tillar" kafedrasi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni TATU Samarqand filial Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari F.Usmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
🟢So‘ngra “Tillar” kafedrasi dotsenti Toirova Dilfuza Fayzullayevna, kafedra katta o‘qituvchisi Saodat Raxmatovalar tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – buyuk mutafakkir va shoir, o‘zbek tili asoschisi Alisher Navoiyning boy maʼnaviy merosini o‘rganish, yoshlarni kitobga, sheʼriyatga muhabbat ruhida tarbiyalash, shu bilan birga kitobxonlikni targ‘ib etishdan iborat ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbirda “Tillar” kafedrasi, professor-o‘qituvchilari; A.Ibatova, R.Shukurovalar tomonidan Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho maʼnaviy merosiga aylangani qayd etildi.
Hamda talaba yoshlar ishtirokida Turli tillarda g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.
Tadbirda talabalar tomonidan tashkil etilgan sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.
O‘tkazilgan ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.
TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati