Yangiliklar

📣Samarqandlik IT’ga qiziquvchi maktab o‘quvchilari va abituriyentlarini chorlaymiz

Iyun 22, 2024 / Ko'rildi 279

    📣Samarqandlik IT’ga qiziquvchi maktab o‘quvchilari va abituriyentlarini chorlaymiz 

IT da muvaffaqiyatli karyera uchun to'g'ri universitet tanlashning ahamiyati qanday?  Bu savolga mamlakatimizdagi yetakchi IT universitetlar bilan o'tkaziladigan uchrashuvda javob olishingiz mumkin.

Uchrashuvda:
    ➡️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
    ➡️Toshkent shahridagi INHA universiteti
    ➡️ Toshkent shahridagi Amity universiteti
    ➡️ Buxoro viloyatining Qorako'l tumanidagi Acharya universiteti 

Shuningdek, Siz axborot texnologiyalari yo'nalishida viloyatda mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan ham tanishish imkoniga ega bo'lasiz.

Qadrli abituriyentlar, Sizlarni o'zingizni qiziqtirgan savollar, tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz!

🌐Vaqti: 24-iyun soat 10:00da 
📍Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali