Yangiliklar

Stipendiya

May 13, 2022 / Ko'rildi 2452

TABRIKLAYMIZ!

?Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi” fakulteti  4-bosqich talabasi Muxtorova Sohiba Baxtiyor qizi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiya sohibasi bo'ldi!

Iqtidorli talaba Muxtorova Sohibani erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz. Uning ota-onasi hamda ilmiy rahbari Sharipova Umida Boltayevnaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Muxtorova Sohiba bilimga chanqoqligi, tashabbuskorligi, fakultet ustozlariga va do‘stlariga nisbatan samimiy munosabatda bo'lishi, o'qish bilan birga o'z ustida doimiy ishlashi, mustaqil fikrlashi, barkamollik sari intilishi bilan filial talabalariga o'rnak bo'lib kelmoqda.

TATU Samarqand filiali jamoasi Muxtorova Sohibani kelajakda ana shu ishonchni to‘liq oqlashiga, xalqimiz uchun xizmat qiladigan komil inson bo‘lib yetishishiga ishonchimiz komildir.