Stipendiya tabrik
Fevral 16, 2022 / Ko'rildi 2814
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyalarining joriy o‘quv yili uchun tasdiqlangan bayonnomalariga asosan iqtidorli talabalarga 2021-2022 o‘quv yili uchun bakalavriat talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov) tayinlandi.
Unga ko’ra TATU Samarqand filialining “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta'limi” fakulteti, Axborot xavfsizligi yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi Maxmadiyorov Faxriddin Xudoyor o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi bo‘ldi!
TATU Samarqand filiali jamoasi Maxmadiyorov Faxriddinning kelajakda ana shu ishonchni to‘liq oqlashiga, jamiyatimiz, xalqimiz uchun xizmat qiladigan komil inson bo‘lib yetishishiga ishonchimiz komildir.