Stipendiya tabrik
Fevral 16, 2022 / Ko'rildi 3223
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyalarining joriy o‘quv yili uchun tasdiqlangan bayonnomalariga asosan iqtidorli talabalarga 2021-2022 o‘quv yili uchun bakalavriat talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov) tayinlandi.
Unga ko’ra TATU Samarqand filialining “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta'limi” fakulteti, AKT sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi Axrorova Feruza Abduvohid qizi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi!
TATU Samarqand filiali jamoasi Axrorova Feruzaning kelajakda ana shu ishonchni to‘liq oqlashiga, jamiyatimiz, xalqimiz uchun xizmat qiladigan komil inson bo‘lib yetishishiga ishonchimiz komildir.