Yangiliklar

Stipendiya tabrik

Fevral 16, 2022 / Ko'rildi 2716

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyalarining joriy o‘quv yili uchun tasdiqlangan bayonnomalariga asosan iqtidorli talabalarga 2021-2022 o‘quv yili uchun bakalavriat talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov) tayinlandi.
Unga ko’ra Muhammad al-Xoramiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “Kompyuter injiniringi” fakulteti, Kompyuter injiniring yo’nalishi 4-bosqich talabasi  Zarpullayev Urolboy Xudoyor o‘g‘li Beruniy nomli davlat stipendiyasi  sohibi bo‘ldi!
TATU Samarqand filiali jamoasi Zarpullayev Urolboyning kelajakda ana shu ishonchni to‘liq oqlashiga, jamiyatimiz, xalqimiz uchun xizmat qiladigan komil inson bo‘lib yetishishiga ishonchimiz komildir.