✅#Talabalar_turar_joyi 📛#Xavfsizlik
Yanvar 24, 2023 / Ko'rildi 351
Joriy yilning 23-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari F.Usmonov rahbarligida filial profilaktika inspektori A.Kurbonov, yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Yoshlar yetakchisi O.Rajabov, ''Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta'limi'' fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.Mamanazarov hamda fakultet tyutorlari tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoiti ko‘rib chiqildi.
Jarayon davomida talabalarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi hamda talabalarga qishki mavsumda is gazi va elektr energiyasidan to'g'ri foydalanish, ichki odob axloq qoidalariga amal qilish borasida ko’rsatmalar berildi.