E'lonlar

🎓 Talabalar o‘rtasida Prezident sovrini uchun Intellektual olimpiada o‘tkaziladi!

Noyabr 29, 2022 / Ko'rildi 773

Joriy yil dekabr oyi boshida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada bo‘lib o‘tadi.

🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

✅Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:
🔵1) "Zakovat" o‘yinining sportcha versiyasi;
🔵2) Breyn-ring;
🔵3) Shaxsiy o‘yin;
🔵4) Erudit-kvartet;
🔵5) Shaxmat;
🔵6) Shashka.

☝️Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari – "Zakovat", breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

❗️1-dekabrga qadar har bir OTM belgilangan tartibda tashkilotchilarga ariza yo‘llashi lozim bo‘ladi.

👉 Tanlov nizomi bilan tanishish (https://drive.google.com/file/d/1b-Grc6Y0PuqD1HS5MCepJXR2JgV2UQUw/view?usp=sharing)