Yangiliklar

Tarixning ulug'vorligi - kelajak poydevori.

Sentyabr 21, 2021 / Ko'rildi 2986

Joriy yilning 21- sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi bir guruh xodimlari Mahmudxo‘ja Behbudiyning uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida uy-muzeydagi obyektlar, qo'lyozmalarni yosh avlod va ushbu uy-muzeyga tashrif buyurgan sayyohlar uchun tushunish yanada oson va qulay bo'lishi uchun QR texnologiyasi yordamida raqamlashtirish ustida fikr almashildi. 

Obyektlarni raqamlashtirishdan asosiy maqsad ma’rifatparvar va ilm ulashuvchi bobomizning fikrlarini yosh avlodga yanada kengroq va tushunarli tarzda singdirishdir.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning ish stoli

Behbudiy 1914-yilda „Samarqand“ gazetasini chiqargan uskuna

chop etish uskunasi. XIX asr oxir XX asr boshi

 

Eslatib o'tamiz mazkur uy-muzey Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga asosan tashkil etilgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi Samarqand shahri, Mir Said Baraka ko‘chasi, 47-uyda joylashgan.