TATU Samarqand filialiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tashrif buyurdi
Sentyabr 23, 2021 / Ko'rildi 3555
Joriy 2021 yilning 23 sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich tashrif buyurdi.
Vazir tashrif doirasida oquv jarayonlari, qurilishi rejalashtirilayotgan yotoqxona binosining loyihasi, filialdagi hamda filial tasarrufidagi Akademik litseyda tashkil etilgan Inkubatsiya va akseleratsiya markazining ish faoliyati va ulardagi iqtidorli talaba-o'quvchilar tomonidan yaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Shuxrat Sadikov yaratilgan loyihalarni yuqori baholab, loyiha mualliflari bilan samimiy suhbatlashdi va ularga o‘z maslahatlarini berib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar to‘g‘risida tavsiyalar berdi.
TATU Samarqand filiali
Axborot xizmati