Yangiliklar

TATU_SF_Tanlovlar_haftaligi

Dekabr 04, 2024 / Ko'rildi 183

   🗓 Joriy yilning 25-30-noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida  ta’lim, ilm-fan va talabalar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, "Bir million dasturchi" loyihasini keng targ'ib qilish maqsadida sovrin jamg’armasi 100 mln. so’mga teng bo'lgan  “SamTUIT Future InnoWeek: kelajak va g‘oyalar” haftaligi  bo’lib o’tgan edi.

   🔰Mazkur haftalik doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etildi:

   1️⃣ “Dasturlash  olimpiadasi” tanlovi;

   2️⃣ “Contest for Girls” tanlovi;

   3️⃣ Xorijda tahsil olayotgan yoki ish faoliyatini olib borayotgan iqtidorli  O‘zbek  yoshlari  bilan  uchrashuv  va  seminar-treninglar;

   4️⃣ "STARTUP" loyihalar tanlovi;

   5️⃣  "HACKATHON”   dasturchilar  musobaqasi.

   “SamTUIT Future InnoWeek: kelajak va g‘oyalar” haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirlar g'oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

  🏛 TATU Samarqand filiali Axborot xizmati