Yangiliklar

Ustoz Аmritdin Nuritdinovich 80 yoshda !

Sentyabr 20, 2021 / Ko'rildi 2632

▶Mamlakatimizning «Taʼlim toʼgʼrisida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni roʼyobga chiqarishda TАTU Samarqand filiali “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi dotsenti А.N.Saloxitdinovning qilayotgan mehnati alohida eʼtiborga loyiqdr.

▶Mustaqilligimiz tufayli mamlakatimizda erishilayotgan barcha islohotlarda yutuq va zafarlarga erishishda А.N.Saloxitdinovning katta va munosib hissa bor va u oʼzingizning sermahsul ilmiy ijodingiz bilan minglab va undan ortiq shogirdlarni izidan ergashtira olgan mehribon va eʼtiborli.

▶Qadrli Аmritdin Nuritdinovich! 
Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali jamoasi qutlugʼ 80 yoshingiz bilan chin yurakdan muborakbod etadi.