Yangiliklar

Dasturiy injiniring kafedrasi pedagoglari tomonidan filial talabalar turar joyida davra suhbati oʻtkazildi

Oktyabr 08, 2021 / Ko'rildi 740

Dasturiy injiniring kafedrasi pedagoglari tomonidan filial talabalar turar joyida davra suhbati oʻtkazildi

 

TATU Samarqand filiali talabalar turar joyida Dasturiy injiniring kafedrasi haftaligi doirasida, 2021-yil 6-oktyabr sanasida, “Kelajak robotlari” -mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini kafedra katta oʻqituvchisi F.A. Axmedov va assistent R.Z. Mahmudovlar olib borishdi. 

Dastlab kafedra pedagog-xodimlari tomonidan talabalar turar joyida yashayotgan, darslardan boʻsh vaqtlarida dasturlash bilan shugʻullanayotgan talabalar bilan, ularning yashash xonalariga birma-bir kirib, kichik suhbatlar oʻtkazishdi, dasturlash jarayoniga oid ba’zi masalalarni muhokama qilishdi va zaruriy maslahatlarini berishdi.

Suhbatlar chogʻida talabalar asosan veb dasturash, mobil dasturlash va kompyuter grafikasi sohalarida bilimlarini orttirishayotganliklari ma’lum boʻldi.

Soʻngra talabalar turar joyida turuvchi, robototexnika sohasiga qiziquvchi talabalar bilan TTJ ma’naviyat xonasida “Kelajak robotlari”-mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini katta oʻqituvchi F.A. Axmedov olib bordi. Maxsus tayyorlangan taqdimot asosida, kelakda yuz berishi mumkin boʻlgan, toʻliq robotlashgan, sun’iy intellekt tizimi asosida avtomatlashtirilgan olamda insoniyatning yashash tarzi qanday koʻrinishda boʻlishi mumkinligi borasida tushunchalar berildi.

Davra suhbati chogʻida taqdimot slaydlari va oʻqituvchilar tomonidan berilgan tushunchalar hamda qiziqishlar asosidagi savol-javoblardan soʻng, talabalar oʻzlarida yangicha tasavvur va fikrlar hosil boʻlganini aytishib, oʻqituvchilariga minnatdorchilik bildirishdi.