Yangiliklar

⚡️Tezkor xabar

Yanvar 10, 2022 / Ko'rildi 2291

⚡️Tezkor xabar

SSV: Koronavirusga qarshi vaksinaning 2022 yilgi ilk yarim million dozalik partiyasi yurtimizga olib kelindi

Bugun yurtimizga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ilk vaksinadir.

❗️Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 536 768 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan: 

?2 404 480 dozasi AstraZeneca;

?37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

?1 341 790 dozasi "Sputnik V"; 

 ?3 500 460 dozasi Moderna;

?2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;

?1 976 000 dozasi Sinovac;

? 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan qariyb 40 million dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanildi.

?TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati