Yangiliklar

“Yil talabasi – 2021” tanlovi g‘oliblari hamda qator yutuqlarga erishgan filial talabalarining taqdirlanish marosimi

Mart 30, 2022 / Ko'rildi 4952

Joriy yilning 30-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevich rahbarligida O'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Yakubjanova Dilfuza Kadirovna, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o’rinbosari Yalg‘ashev Olimjon Rashidovich, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Usmonov Farrux Nasirdinovich, “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti dekani Narzullayev Ulug‘bek Xayrullayevichlar tomonidan filialning bir guruh iqtidorli talabalari taqdirlandi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiya sohiblari, Soha stipendiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 9-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yil talabasi – 2021” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 470-sonli buyrug‘iga binoan “Yil talabasi – 2021” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Universitet bosqichida faxrli o‘rinni egallagan hamda turli tanlov va musoboqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalarga faxriy yorliq, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu bilan bir qatorda shuni ta’kitlab o’tish joizki, talabalarning yutuqlarga erishishida o’z hissalarini qo’shib kelgan bir guruh jonkuyar fidoiy o’qituvchilar ya’ni talabalarning Ilmiy ish rahbarlari ham Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.