Yangiliklar

“Bir million O‘zbek dasturchilari” loyihasi doirasida tanlov davom etmoqda

Yanvar 07, 2022 / Ko'rildi 3383

“Bir million O‘zbek dasturchilari” loyihasi bo‘yicha Samarqand viloyati umumta’lim maktablar o‘quvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazilmoqda. Tanlov Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi hamda IT-Park Samarqand filiali hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Mazkur tanlov umumta’lim maktablarning 7-11 sinf o‘quvchilari orasidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha iste’dodli, teran fikrlovchi va intiluvchan yoshlarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda yanada ruhlantirish maqsadida o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

O‘quvchilarning bilimini sinashda va tanlovning adolatli o‘tkazilishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan.

Tanlov 2022-yilning 6-7-yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda tanlov davom etmoqda.

 

Tanlovni yuqori darajada adolatli va sifatli o‘tkazishda ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilariga filial rahbariyati o‘z minnatdorligini bildiradi.