Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining bitiruv oldi amaliyoti
Iyun 03, 2024 / Ko'rildi 279
Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining bitiruv oldi amaliyoti katta ahamiyat kasb etadi. Zero, nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi bo‘lajak mutaxassislarning samarali natijalarni ko‘rsatishga zamin yaratib beradi.
🏛TATU Samarqand filialida "Kompyuter injiniring" fakulteti "Dasturiy injiniring" kafedrasida bitiruv malakalaviy amaliyoti hisobotlari hamda bitiruv malakaviy ishlari tinglanib, tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
📌 Kafedra mudiri I.Boynazarov hamda kafedra professori A.Qarshiyev va kafedra o‘qituvchilari B.Babajanov, A.Qayumov, E.Mamayev, A.Bobonazarov va boshqa professor-o‘qituvchilar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarida mavjud kamchiliklar bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.