Yangiliklar

TATU Samarqand filialiga Portugaliyaning Portu Universiteti (University of Porto) prorektori Joana Carvalho tashrif buyurdi Jori

Oktyabr 09, 2021 / Ko'rildi 4338

Joriy 2021 yilning 7 oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga Portugaliyaning eng nufuzli universitetlaridan biri boʻlgan Portu Universiteti (University of Porto) prorektori Joana Carvalho tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Portu universiteti delegatsiyasi hamda TATU Samarqand filiali direktori Karshiyev Zayniddin boshchiligidagi delegatsiyasi ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbati davomida kelajakda universitetlarimiz oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik, Erasmus+ loyihalari doirasidagi grantlarga birgalikda ishtirok etish va ta’lim berish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.

TATU Samarqand filiali

Axborot xizmati