“Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ibatova Amira Shavkatovnaning dissertatsiyasi
Sentyabr 22, 2021 / Ko'rildi 3012
Shu kecha kunda Samarqand davlat universiteti “Tilshunoslik” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Ibatova Amira Shavkatovnaning 10.00.01 – “O‘zbek tili” ixtisosligi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “O‘zbek tilida non bilan bog‘liq lug‘aviy birliklarning tadqiqi” mavzusidagi yozilgan dissertatsiyasi natijasaning amaliyotda tadbiq etilishi yuzasidan ommaviy axborot vositasida (OAV) ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ma’ruzada TATU Samarqand filiali “Tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, kafedra mudiri dots. D.F.Toirova va “TTKT” fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Ma’ruza ilmiy tadqiqot mavzuga doir savol-javoblar va ilmiy mulohazalar bilan o‘tkazildi.