TTJʼda Axborot texnologiyalari kafedrasi haftaligi o‘tkazilmoqda
Sentyabr 20, 2021 / Ko'rildi 2202
Joriy 2021 yilning 20 sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabalar turar joyida Axborot texnologiyalari kafedrasi haftaligining dastlabki tadbirlari o'tkazildi.
Kafedra haftaligi doirasida professor-o‘qituvchilar dots.Ilyos Xujayarov, kat.o‘q.Rustam Raximov va kat.o‘q.Rustam Kudratovlar tomonidan "Bir Million dasturchi loyihasidan sertifikatlar olish bo'yicha maslahatlar berish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari har bir talabaning yashash xonalariga kirgan holda talabalar yashash sharoiti bilan yaqindan tanishib, tozalik, xona jihozlarining joylashuvi hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida kerakli taklif va tavsiyalarni berishdi.
TATU Samarqand filiali
Axborot xizmati