⚡️"O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!"
Sentyabr 15, 2022 / Ko'rildi 2910
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 50 nafar talaba - yoshlari va professor - o‘qituvchilaridan iborat jamoasi yurtimizning yana bir qadimiy Buxoro hamda ko‘hna kenti - Xorazm vohasi tomon yo‘l olishdi.
"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" aksiyasi doirasida tashkil etilgan mazkur tashrif 3 kun davom etadi.
Sayohat davomida sayohatning ilk kuni Buxoro shahrining qadimiy yodgorliklarini ziyorat qilish bilan boshlandi.
Buxoro — tabarruk zamin. Azal-azaldan turli savdo yo‘llari, madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan bu ko‘hna go‘shaning ohanrabosi, ko‘rku tarovati insonni doimo o‘ziga chorlab turadi.
Ayniqsa, o‘ziga xos Xojagoniya tariqatining yetti ulug‘ piri mangu qo‘nim topgan ziyoratgohlarni tavof etish amali ko‘plab musulmonlar uchun alohida orzu hisoblanadi.
Yetti pir — Abduxoliq G‘ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me’moriy majmualaridir.
Ushbu majmualar haqida professor o‘qituvchilar tomonidan talabalarga ma'lumotlar berib o‘tildi...