xushxabar stipendiya digital
Noyabr 20, 2024 / Ko'rildi 185
🏛 TATUSamarqand filiali 4 nafar talabasi Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiasi g‘olibi bo‘ldi
💻 Xabaringiz bor, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilari uchun Vazirlik stipendiyasi tanloviga start berilgan edi. (https://t.me/mitcuz/15008)
📌 Ushbu tanlovda filialimizning 4 nafar talabasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Bular
1. Obidjonov Farruxjon Akbarjon o‘g‘li KI21-12 guruh talabasi
2. Najmiyev Mirjalol Maxmudjonovich TT-21-04 guruh talabasi
3. Abduqodirova Madina Shuxratali qizi TT-21-04 guruh talabasi
4. Nazarova Maloxat Zayniddinovna TT-21-04 guruh talabasi
💐TATU Samarqand filial jamoasi talabalarimizni va ularning ilmiy rahbarlarini tabriklab, ularning keyingi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.
🌐TАTU Samarqand filiali Аxborot xizmati