Yangiliklar

🎄YANGI YIL TABRIGI

Dekabr 31, 2022 / Ko'rildi 288

Hurmatli ustozlar, aziz talabalar va qadrli filialimiz jamoasi!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ma’muriyati Sizlarni Yangi yil bilan chin qalbdan samimiy tabriklaydi. 
Vatanimizning porloq kelajagi va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ma’sulyatli faoliyatingizda va yuqori malakali AKT sohasi mutaxassisi bo‘lishdek sharafli ezgu niyatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.  
Shuningdek, sizlarga va oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va filialimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda omadlar tilab qolamiz.  
Yangi yilda Sizlarga shodu-xurramlik, baxt va omadlar yor bo‘lsin deb, barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilab qolamiz.  
🎄Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
 
🏛TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati