Yangiliklar

Yangiliklar

Dekabr 30, 2022 / Ko'rildi 245

Malayziya Terengganu universitetining O’quv ishlari va xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Mohd Zamri bin Ibrahim boshchiligidagi  fakultet dekanlari hamda boshqarma boshliqlari ishtirokida TATU Samarqand filiali direktori  Z.Karshiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Axmedjonovlar bilan o’zaro hamkorlik bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda «students and staff exchange” almashinuv dasturlari, Ingliz tili bo’yicha talabalar va professor-o’qituvchilarga onlayn va offlayn kurslarni tashkil etish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar, xalqaro konferensiyalar o’tkazish bo’yicha muzokaralar olib borildi. 
 
 
 
 
🏛TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati