Yangiliklar

Yashil_makon

Noyabr 09, 2024 / Ko'rildi 94


☘️ Sizchi "Yashil makon"ga o‘z hissangizni qo‘shdingizmi?

      Tozalik, ozodalik va koʼkalamzorlashtirish azaldan xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri sanaladi. Yosh avlodda ona tabiatga hurmat, uning bebaho neʼmatlarini ardoqlash tuygʼusini oshirish orqali   tozalikka rioya qilish koʼnikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 

 🌲 Respublikaning bir qator oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi marafonda faol ishtirok etmoqda.

 🏛  Jumladan, TATU Samarqand filialida Professor-oʼqituvchilari hamda talaba-yoshlar va xodimlar tomonidan ushbu loyihaga muvofiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

🌱 Ekilgan ko'chatlar filialimiz  ko'rkiga koʻrk qoʻshib, atrof- muhit musaffoligini ta'minlashga hissa qo'shmoqda.

🌐TATU Samarqand filiali Axborot xizmati