E'lonlar

Sizning murojaatingiz aslo e’tiborsiz qoldirilmaydi.

Yanvar 23, 2023 / Ko'rildi 170

O'z murojaatlaringizni yuboring!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning sohaga oid taklif va mulohazalarini o‘rganish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida murojaatlar uchun maxsus bot o'z faoliyatini olib bormoqda.

Mazkur bot orqali bevosita filial Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohaga oid muammolarni hamda taklif va mulohazalaringizni yuborishingiz mumkin. 

Ushbu botga kelib tushgan barcha murojaatlar shaxsan Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari F.Usmonov tomonidan o‘rganib chiqilgan holda amaliy ishlar olib boriladi.

Murojaat uchun: @FarruxUsmonov_bot 

TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati