Yangiliklar

#Yoshlar_forumi #TATU_yosh_olimlari

Aprel 11, 2023 / Ko'rildi 2213

Forum doirasida universitet va uning hududiy filiallari yosh olimlari va iqtidorli talabalarining ilmiy ma'ruzalari tinglanadi, dasturiy vositalarini yaratish, apparat-dasturiy vositalarni loyihalash, sun'iy intellekt, axborot xavfsizligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy muammolar muhokamasi hamda 100 dan ziyod dasturiy va apparat-dasturiy ishlanmalarning namoyishini tashkil etilmoqda.

Forum yakunida universitet va uning hududiy filiallari ilmiy muammolarining yechimlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi, hamkorlikda ilmiy ishlarni bajarish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilanadi hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish va tijoratlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilanadi.

TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati