Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida jalb etilgan sarmoyalar va grantlar to'g'risida

           Xorijiy grantlar va beg‘araz ko‘maklarni filialga jalb etishda bir qator loyihalar amalga oshirilgan, jumladan 2016-2021 yillarda Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturining “Supporting the Professionalization of Health Engineering studies and Related areas in Asia (SPHERA)” loyihasi, 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti bilan “Integrallashgan ta’lim axborot tizmini joriy qilish va kengaytirish” loyihalari amalga oshirilgan. 2019 yilda Janubiy Koreyaning Sungkyungkvan universiteti volontyorlari (ko‘ngillilari) tomonidan “2019 World friends ICT SKKU Volunteers” loyihasi asosida o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi. 2019 yilda Janubiy Koreyaning KOICA tashkilotining volontyorlik dasturi doirasida koreys tili o‘qituvchisi ikki yillik shartnoma asosida jalb etilgan.