Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar

         2023-yil 29-iyun kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tomonidan “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida tashkil qilingan "Yoshlar festivali"ning gala-konsert dasturi bo'lib o'tdi. Konsert doirasida "Yoshlar oyligi"da o'tkazilgan tanlov va musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etgan yoshlar yetakchilari hamda "Yoshlar oyligi" doirasidagi tadbirlarni oʻtkazishda yaqindan hamkorlik qilgan OAV xodimlari taqdirlandilar.

   

         2023-yil 25-iyun kuni 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand sharida "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Samarqand shahrida Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas”, “Vatan qalqoni” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlangan “Olympic day” musobaqasi tashkil etildi.

         Ushbu sport tadbirlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali professor-o'qituvchilari, xodimlari, tyutorlari va talabalari ham faol ishtirok etdi. "Olympic day" musobaqasida belgilangan masofani birinchi bo'lib filialimiz talabasi Alisher Safarov bosib o'tdi.

   

         2023-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tomonidan “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida "Gulxan atrofidaʼʼ shou bo'lib o'tmoqda, filial direktori Z. Karshiyev ham ishtirok etib talabalarni yoshlar oyligi bilan tabriklab, o'qish va ishlariga omad tiladi.

   

         2023-yil 14-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida "Yoshlar oyligi" doirasida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida “Yangi konstitutsiya” loyihasi insholar tanlovi tashkil etildi.

   

   

         2023-yil 12-iyun kuni  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida "Yoshlar oyligi" doirasida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida “Mushoira ” kechasi tashkil etildi.