Qabul-2019

  1. Qabul to‘g‘risida umumiy ma’lumot
  • Hujjatlar qabul qilish muddati: 2019 yil 15 iyundan 15 iyulga qadar
  • Test sinovlari o‘tkaziladigan muddat: 2019 yil iyul - avgust oylari
  • Qabul komissiyasi ish tartibi: Dushanba - Shanba (9:00-18:00)

Qabul komissiyasi telefonlari: (66) 232-00-76  (97) 923-84-48

 

 

  1. Abiturientlar tomonidan qabul komissiyasiga taqdim etadigan hujjatlar to‘plami: 
  • fuqarolik pasporti;
  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;

Yuqorida keltirilgan Nizomlarga binoan:

1) Abiturientlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari universitet qabul komissiyasi tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Abiturient universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- pasport asl nusxasi;

- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;

 

MUROJAATLAR UCHUN FILIAL CALL-CENTER TELEFON RAQAMLARI:

(66) 232-00-76
(97) 923-84-48

  1. Qoshimcha kontrakt haqida ma’lumot

To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul kvotalari chegarasiga 4 balldan ortiq ball etmagan, eng yuqori ballning 30% (68,0ball)dan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abiturientlarning birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari

T/R

SHIFR

TA’LIM YO‘NALISHLARI NOMI

AMALDA O‘RNATILADIGAN TO‘LOV MIQDORGA NISBATAN OSHIRILGAN  TO‘LOV-KONTRAKT MIQDORI                       (BAROBAR HISOBIDA)

MISOL TARIQASIDA:

2016/2017 O‘QUV YILIDA  BITTA TALABA UCHUN BELGILANGAN TO‘LOV MIQDORI (SO‘M)

1.

5330300

Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

15

7 250 000*15=108 750 000

2.

5330500

Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, AT-servis, Multimedia texnologiyalari

15

7 250 000*15=108 750 000

3.

5330600

Dasturiy injiniringi

15

7 250 000*15=108 750 000

4.

5350100

Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar)

15

7 250 000*15=108 750 000

5.

5350400

Axborot –kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

10

7 250 000*10=72 500 000

 

IZOH:

*Oliy ta’lim  muassasalariga qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilingan  talabalar birinchi  o‘quv yili tugagach, keyingi o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan  bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori asosida  o‘qishni davom ettiradi.

 **Qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilishga tavsiya etilgan abiturientlar birinchi o‘quv yilida o‘rnatilgan to‘lov miqdorini bir marta to‘liq to‘lashi shart.

  1. Abiturientlar uchun qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar:
  2. Test sinovlari o‘tkaziladigan kuni abiturientlarni binoga kiritish soat 30da boshlanadi. Abiturient binoga kirishda ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Soat 8.00 dan boshlab abiturientlar o‘z guruhlari raqamiga mos raqamlangan auditoriyaga kiradilar.
  3. Qabul komissiyasi test sinovlari o‘tkaziladigan binoga abiturientlar tomonidan mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, aloqa vositalari, shpargalka va shu kabilarini olib kirish harakatini aniqlagan xolda abiturientning ruxsatnomasi olib qo‘yiladi, dalolatnoma yoziladi (ixtiyoriy shaklda) unga OTM qabul komissiya a’zosi imzo qo‘yadi. Abiturient test sinovlariga qo‘yilmaydi.
  4. Test jarayoni boshlangandan so‘ng (8.30 dan keyin) abiturient auditoriyaga kiritilmaydi.
  5. Test sinovlariga kelmagan abiturientlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.
  6. Abiturient test sinovlarini ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.

Abituriyentlarga eslatma

Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga to‘g‘ri kiritilganini tasdiqlashi lozim. Qabul jarayoni tugagandan so‘ng abituriyentningmurojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.

Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:

- savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish;

- test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.

Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasport bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi, test sinovlarini o‘tkazish qoidalariga qat’iy amal qilishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:

- test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamli javoblar varaqasi raqamlari mosligini tekshirish;

- test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;

- javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;

- test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo‘yish;

- javoblar varaqasi raqamini abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joyiga to‘g‘ri ko‘chirib imzo qo‘yish;

- titul varaqasida ko‘rsatilgan maxsus kod va ta’lim muassasasi kodini javoblar varaqasida ko‘rsatilgan joyga to‘g‘ri ko‘chirib yozish va tegishli doirachalarni bo‘yash.

Abituriyent yuqorida ko‘rsatilgan majburiyatlaridan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:

- javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish;

- javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;

- javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;

- belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.

Test topshiriqlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.

Abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi bo‘yicha test sinovini topshiradi.

Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.

Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi.

Har bir test topshirig‘iga 4 tadan («A», «B», «C», «D») muqobil javoblar beriladi.

Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasida bo‘yalgan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas). Agar javoblar varaqasidagi «belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.

Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi holatlarda test materiallarisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:

- test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;

- test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

- test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa,

- test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;

- test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.


O’zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizom”ga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan, harbiy qismlar qumondonligining tavsiyanomalariga ega bo’lgan barcha fuqarolarga respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirishda test sinovi natijalari bo’yicha o’zlari to’plagan ballning 50 foizi miqdorida qo’shimcha ball shaklidagi imtiyoz berilishi belgilangan.
    Mazkur imtiyoz test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o’qishga qabul qilish belgilangan ta’lim yo’nalishlari uchun uchun amal qilmaydi.  

Samarqand viloyatida 2019 yil 1-15 avgust kunlari test sinovlari o’tkaziladigan hududlar:
SamDU akademik liseyi sport zali (540 o’rin);
Sportning o’yin turlari va yengil atletika bo’yicha ixtisoslashgan bolalar-o’smirlar sport maktabining  3 ta zali (jami 1440 o’rin);
Samarqand pedagogika va servis kasb-hunar kolleji binosi (1080 o’rin).