Talabalar hayoti

         2023-yilning 15-, 16-, 17-iyul kunlari O'zbekiston OTMlari ichida ilk bor, birinchilardan bo'lib Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univerisiteti hamda uning hududiy filiallari 300 dan ziyod talaba-yoshlari uchun yozgi ta'tilni maroqli o'tkazish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining "O'zbekiston bo'ylab sayohat qiling!" dasturi doirasida ochiq osmon ostidagi TATU yoshlar festivali tashkil qilindi.

         Festivalda tong sahardan tog'li hududlarga ekskursiya uyushtirildi. Talabalarimiz ushbu erta tongni tabiat qo'ynida, qizil barkashday quyoshning zarrin nurlarini birinchilardan bo'lib qarshi oldilar. Quyosh chiqishini kuzatish barchaga o'zgacha hayajon va zavq bag'ishladi.

         Ushbu ekskursiya "Chinorkent" dam olish maskanida dor yo'li (Kanatka) bo'ylab sayohatga ulanib ketdi. Sayohat davomida festival ishtirokchilari Chinorkentning eng yuqori qismida toza havodan bahramand bo'lib turli attraksionlarda charchoqlarini chiqarishdi.

         Sayohatdan TATU o'quv poligoniga qaytgach sport musobaqalarida g'olib bo'lganlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'oliblar o'z esdalik sovg'alari hamda diplomlarni qabul qilayotgan bir vaqtda filiallar o'z hududlariga xos milliy oshlarini tayyorlashga kirishib ketishdi. "Osh chempionati"  yakunida barcha festival qatnashchilari TATU hamda uning filiallari pazandalari tomonidan tayyorlangan turli xildagi o'ziga xos ta'mli oshlardan bahramand bo'lishdi va musiqiy kecha hamda Labirintlar shahri (Mafia) o'yinlari tashkil etildi.

     

   

        2023-yil 3-iyul kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining o‘qituvchi va talabalari ishtirokida Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.

 

 

        2023-yil 23-iyun kuni  “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali "Yoshlar oyligi" doirasida filial direktori Karshiyev Zayniddin Abduvaliyevich filialning bir qator iqtidorli va bitiruvchi talaba-yoshlari bilan “Direktor va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

     

 

         2023-yil 21-iyun sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining "Kompyuter injiniring" fakultetida "Biz korupssiyaga qarshimiz" va "Jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans boʻlim boshligʻi Oʻ. Kadirov, direktor maslahatchisi N.Isomov, "Kompyuter injiniring" fakulteti dekani B.Nazarov hamda inspektor Qurbonov ishtirok etdi. Tadbirda 100 nafar masofaviy taʼlimda o'qiyotgan talabalar qatnashib, so'rovnomada ishtirok etishdi.