Ustoz-shogirt maktabi

Yaqinda, TATU.Samarkand filiali «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Ruzieva Zulfiyaning “Telekommunikatsiya tarmoklarni elektr ta’minoti va klimotexnika” fanidan «UzI Samarkand” filiali 35-ATS binosida “Ustoz-shogird” master klass “Tarmoqlarni elektr ta’minoti” mavzusida amaliyot ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.

Darsda “Telekommunikatsiya texnologiya” yo'nalishi 203 va 204-chi guruh talabalari bilan birgalikda ATSdagi elektr tarmoqlardagi zaxira manbalari, raqamli qurilmalar, uzatish tizimlari, kabellarni qo‘llanilishi va vazifalari to‘liq ravishda o‘rganildi. ATS mutaxassislari bilan talabalar o‘rtasida telekommunikatsiya soxasining yo'nalishlari, elektr ta’minotlari ma’lumotlari soxasida muloqot savol- javoblar asosida bo'lib o‘tdi. 203-204-chi guruh talabalari soxada bilimlarini tajribadan o‘tkazishdi.

Bunday amaliyot darslarini soha korxonalarida o‘tkazilishi  talabalarning chuqur bilim egallashiga yanada ko‘proq imkoniyatlar beradi.