Devonxona va arxiv bo`limi
![]() |
Devonxona va arxiv bo`limi mudiri:Zaynalova Zahro Bahodirovna Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (8:30-16:30) Telefon: (66) 232-41-59 E-mail: |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialidagi Devonxona va arxiv bo`limi 2005-yildan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda.Ushbu bo‘limda Zaynalova Zahro 2015-yildan boshlab mudirlik qilib kelmoqda.
Devonxona va arxiv bo‘limida arxiv mudiri L.Ashurova, arxivarius Sh.Saydullaeva va Sh.Yorqulova ish yurituvchi lavozimida ishlab kelmoqdalar.
Devonxona bo‘limi mudiri lavozim vazifalari:
TATUSamarqand filialiga Edo.ijro.uz tizimi orqali keluvchi hujjatlarni to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;
• TATU Samarqand filialidan chiquvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
• Direktor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish;
• Direktor ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
• Direktor imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
• Kiruvchi xat-xabarlarni, filial rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini
hisobga olib borish;
• Filial faoliyatiga tegishli ichki tashqi tashkiliy buyruq hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash;
• Filial ichki buyruq va farmoyishlar loyihasi tayyorlanib buyruq shakillantirish;
• Filial ichki buyruqlari bo‘yicha ko‘chirma berish;
• Ijro etilgan hujjatlarni yig‘ma jildlarga tikib qo‘yish;
• Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.
Bilishi kerak:
• Ish yuritishni tashkil etishni, yig‘ma jildlar ro‘yxat tartibi, holatini, doimiy va vaqtincha saqlanadigan yig‘ma jildlarning ro‘yxatlarini, yig‘ma jildlarni arxivga topshirish muddatlari va tartibini bilishi, devonxona faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Maxkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Universiteti rektori buyruqlarining moxiyatini bilishi.

Arxiv mudiri lavozim vazifalari:
- Arxivgakelib tushayotgan hujjatlar saqlanishini tashkil etish;
• Ish yuritish bo‘yicha tugallangan hujjatlarni tarkibiy bo‘limlardan qabul qilish;
• Filial yig‘ma jildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda qatnashish, arxivga topshiriladigan hujjatlarning to‘g‘ri tuzilganligi va rasmiylashtirilganligini tekshirish;
• Saqlash birliklarini tegishli qoidalarga asoslanib shifrlash, tizimlashtirish, hujjatlarni joylashtirish xisobini kuzatish;
• Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarga fond tartib raqamini berish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarini tuzish, ro‘yxatdan chiqarish, yo‘q qilish kabi ishlarni bajarish;
• Arxiv hujjatlarini ilmiy-amaliy qimmatini belgilashda qatnashish;
• Arxiv xonasining qonun-qoidalarga asoslab saqlanishini kuzatish, yong‘inga
qarshi choralar ko‘rish, arxiv hujjatlariga asoslanib, ko‘chirmalar, nusxalar, ma’lumotnomalarni berish, so‘rovnomalarga javob berish, arxiv ishi haqidagi xisobotni tuzish uchun ma’lumot tayyorlash.
Bilishi kerak:
- O‘zfaoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, filial ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.
Ish yurituvchi lavozim vazifalari:
- Xat-xabarlarni qabul qiladi, ro‘yxatdan o‘tkazadi va tegishli tarkibiy bo‘linmalarga jo‘natish.
- Filial nomiga elektron manzil orqali kelgan hujjatlarni kirim qiladi, ro‘yxatga
oladi va rahbarga ko‘rsatma berish uchun kiritadi, ma’sul ijrochilarga muddatida yetkazadi.
- Hujjatlarni elektron hujjat aylanish tizimi “EDO.ijro.uz”ga joylashtiradi.
- Bajarilgan hujjatlari tegishli manzillar bo‘yicha yuboradi, olinma va jo‘natma xat xabarlarni hisobga oladi, tartiblashtiradi. • Direktorning ko‘rsatmasiga binoan hujjatlarni ijrochilarga maxsus daftarga qo‘l qo‘ydirib, o‘z vaqtida topshirish.
Bilishi kerak:
• O‘z faoliyatiga taaluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Filial
ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi zarur.
