Ishlab chiqarish amaliyoti boshlandi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali II va III bosqich talabalaridan bir guruhi yozgi ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash maqsadida «O‘zbektelekom» AK Samarqand Telekom filialiga tashrif buyurishdi.
«O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali texnik direktori Zohid Xudoyberganov hamda tijorat direktori Sanjar Nazarovlar amaliyotchi talabalarni iliq kutib oldilar.
Amaliyot boshlanishi oldidan amaliyotni qaysi tartibda o‘tkizishi yuzasidan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanni TATU Samarqand filiali direktori Zaynidin Karshiyev kirish so‘zi bilan ochdi va quyidagilarni bayon qildi: Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyun kuni Oliy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Oliy taʼlim muassasalari bilan soha korxonalari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikka katta ahamiyat bergan holda ushbu aloqani yana-da mustahkamlash to‘g‘risida so‘z yurutdi.
Bugun ushbu korxonaga tashrif buyurgan amaliyotchi talabalar o‘zlarini shu sohaga nisbatan o‘ta masʼuliyatli ekianliklarini his qilgan holda mehnat qilishliklari, ertangi kunda oliygohni tamomlagach shu korxonaga kelib muhandis va undanda kattaroq lavozimlarga ishlashni maqsad qilib qo‘ymog‘i kerak.
Shundan so‘ng «O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali texnik direktori Zohid Xudoyberganov so‘z olib, tashrif buyurgan talabalarga oliygohda olgan nazariy bilimlarini buyerda amaliyotda qo‘llab kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishini, amaliyotda o‘z mehnatlari bilan alohida o‘rnak ko‘rsatgan talabalar oylik maosh tayinlash bilan rag‘batlantirilishini aytib o'tdi.
Oliy taʼlim muassasalari bilan soha korxonalari o‘rtasidagi bunday hamkorlik kelajakda Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
TATU Samarqand filiali
Axborot xizmati