Direktor_va_bitiruvchi_yoshlar

      

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni o‘tkazilgan yoshlar bilan muloqot yig‘ilishida, yoshlarni ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikka yo'naltirish va ta'lim olish uchun yangi imkoniyatlar yaratish zarurligini ta'kidlab, ayniqsa, IT sektori va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasida istiqbolli reja va topshiriqlar berdi.

 🏛 Ushbu topshiriq ijrosini taminlash maqsadida  TATU Samarqand filialida Direktor va bitiruvchi kurs  talabalar  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

   Filial direktori Z.Karshiyev bitiruvchi yoshlarga murojaat qilib, ularni hayotning yangi bosqichiga qadam qo‘yish arafasida chin dildan tabrikladi va ularga o‘z maslahat hamda tilaklarini bildirdi.

  ☑️Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarni kutayotgan imkoniyatlar, mehnat bozoridagi talablar, IT sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlar, innovatsion fikrlash va doimiy o‘z ustida ishlashning ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.

🎓Bitiruvchi yoshlar ham o‘z fikr va takliflari, taassurot va minnatdorchiliklarini izhor qilib, ta’lim davomida to‘plagan bilim, tajriba va yutuqlari haqida so‘z yuritishdi.

 ➡️Direktorimizning:
“Sizlar nafaqat filialimiz, balki butun jamiyatimiz kelajagining poydevorisiz. Ishoning, sizga ishonch katta, yo‘lingiz ochiq bo‘lsin!” – degan so‘zlari bitiruvchilarga ruhiy ko‘tarinkilik va ishonch bag‘ishladi.

📌Uchrashuv do‘stona muhitda o‘tdi va bitiruvchilar uchun unutilmas motivatsiya manbaiga aylandi.