Umumiy ma'lumotlar
Umumiy ma'lumotlar
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi "Axborot kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 91-son qarori asosida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali tashkil etilib, filial tarkibiy tuzilmasida 2 ta fakultet “Kompyuter injiniringi” va "Telekommunikasiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti o‘z faoliyatini boshladi.
Filialning “Kompyuter injiniringi” fakultetida 5 ta kafedra (“Axborot texnologiyalari”, “Kompyuter tizimlari”, “Dasturiy injiniring”, “Tabiiy fanlar”, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedralari), “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakultetida 4 ta kafedra (Telekommunikasiya injiniringi, Raqamli va ta’lim texnologiyalari, Axborot xavfsizligi va Tillar kafedrasi) faoliyat ko‘rsatadi.
Filialda 114 nafar asosiy shtatda, 8 nafar o‘rindoshlik asosida jami 122 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Filial bo‘yicha ilmiy darajalilar soni 56 nafarni tashkil etadi. Ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi asosiy shtat bo‘yicha 48,7% ni tashkil etadi.
Filialda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar, magistrlar tayyorlanadi:
Bakalavr
Kunduzgi
1. 60610300-Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
2. 60611300-AKT sohasida kasb ta’limi
3. 60610600-Dasturiy injiniring
4. 60610500- Kompyuter injiniringi (AT-servis)
5. 60610500- Kompyuter injiniringi
6. 60610500-Kompyuter injiniringi: (Multimedia texnologiyalari)
7. 60611000- Telekommunikasiya texnologiyalari
8. 60310500- Raqamli iqtisodiyot
9. 60611400 - Pochta aloqasi texnologiyasi
Sirtqi
1. 60610500- Kompyuter injiniringi
2. 60611000- Telekommunikasiya texnologiyalari
3. 60611300 - AKT sohasida kasb ta’limi
4. 60320400- Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
Ikkinchi mutaxаssislik sirtqi
1. 60610500- Kompyuter injiniringi
2. 60611000- Telekommunikasiya texnologiyalari
Masofaviy
1. 60610500- Kompyuter injiniringi
2. 60610600-Dasturiy injiniring
Magistratura
1. 70610501 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish),
2. 70611001 - Telekommunikasiya injiniringi (Teleradioeshittirish),
3. 70610302- Axborot xavfsizligi,
4. 70610503 - Tibbiyotda kompyuter tizimlari,
5. 70610601 - Dasturiy injiniring
6. 70610701 - Sun’iy intellekt
Filialda jami 3351 nafar talaba va magistrantlar yuqorida keltirib o‘tilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olmoqda.
Hozirda Filial tasarrufida 2 ta o‘quv bino va talabalar turar joyi uchun 3 ta bino mavjud. Zamonaviy tarzda jihozlangan 18 ta maʼruza xonalari, 32 ta amaliy mashgʼulot xonalari, 16 ta kompyuter sinflari, 5 ta o‘quv laboratoriyalari, inkubatsiya va akseliratsiya markazi, axborot - resurs markazi va 2 ta sport zal mavjud. Har 4 nafar talabaga 1 ta kompyuter toʼgʼri keladi.