Filialda yil yakunlari muhokamasi
Joriy yiling 9-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2022 yil yakunlari hamda 2023 yil vazifalari to‘g‘risida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni filial direktori Zayniddin Karshiev kirish so‘zi bilan ochdi va 2022 yil filial uchun juda ma’suliyatli yil bo‘lganligini, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanlar, forumlar va xalqaro anjumanlarda filialimiz vakillari ham o‘z ma’sulyatlarni his etgan holda ishtirok etganliklari ta’kidladi. Erishgan yutuqlarimiz o‘zimizniki, deya takrorladi filial direktori. Lekin yo‘l qo‘ygan ba’zi bir kamchiliklarimizga barham berishimiz kerakligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi
Direktorning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Axmetjanovning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha yillik hisoboti tinglandi.
TATU Samarqand filiali Axborot xizmati