XORIJIY FUQAROLAR QABULI
Asosiy Abituriyent Xorijiy fuqarolar qabuli
Hujjatlar ro‘yxati va taqdim etiladigan sana
Hujjatlarni topshirish 2024-yil 20-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar sbtuit_inter@samtuit.uz elektron pochta manzili orqali yoki universitetga tashrif buyurgan holda qabul qilinadi.
Bakalavriat uchun:
1.Pasportning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda).
2.Sertifikat, diplom, o‘qigan fanlari va ular bo‘yicha olingan baholarning (ballarning) skanerlangan nusxasi (PDF formatda, elektron shaklda).
Magistratura uchun:
Magistratura darajasini olish uchun bakalavriat diplomi, o‘qigan fanlari va olingan baholar (ballar)ning skanerlangan nusxasi (chet tili sertifikat), (PDF formatida, elektron shaklda).
Universitetga kirish tartibi:
Muhamnmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali bakalavriat yoki magistratura bosqichida o‘qish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari tanlagan yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi va shartnoma asosida qabul qilinadi.
Suhbat avgust oyida o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shincha ma’lumotlar:
Chet el fuqarolariga stipendiya to‘lanmaydi.
Tel: +998953244484